Oziq-ovqat sanoati rivojlanishi bilan etiketkalaring ham turlari ko‘payib bormoqda. Hozirda qo‘llaniladigan asosiy etiketkalar quyidagilar: yelim yordamida yopishtiriladigan qog‘oz etiketkalar, o‘zi yopishadigan qog‘oz etiketkalar, polipropilen VORR etiketkalar va issiqlik yoki bug‘ yordamida yopishtiriladigan termoetiketkalar. Etiketkalar tannarxi, chidamliligi, tashqi qo‘rinishi, yopishtirish usuliga qarab turlicha bo‘lganidek, ularni yopishtiradigan mashinalar ham turlicha bo‘lib, mashinalarning yarim avtomat va avtomat turlari mavjud.
Mashina turi | Yelim yordamida qog‘oz etiketkalar yopishtirish mashinasi |
PET idishlar turi | Dumaloq, to‘rtburchak |
Ishlab chiqarish quvvati | 40-120 idish/minut |
Etiketka uzunligi | 50-300 mm |
Etiketka eni | 40-110 mm |
Mos idishlar diametri | 50-150 mm |
Energiya iste'moli | 1.75 kWt, 220V/50HZ |