about Image
740

Biz Haqimizda

Kompaniya haqida

«ATLANT FORTUNA» MChJ toza ichimlik suvi, gazli va gazsiz salqinlashtiruvchi ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun barcha turdagi uskuna va jixozlarni yetkazib berish bilan shugʼullanadi.

Korxonamizning asosiy maxsuloti - bugungi kundagi eng zamonaviy va ilgʼor suv tozalash texnologiyasi hisoblanadigan teskari osmos texnologiyasi asosidagi suv tozalash sistemalari. Biz manba suvining ifloslik darajasidan kelib chiqgan holda, buyurtmachining yakuniy toza suv sifatiga qoʼygan talabi asosida turli komplektatsiyadagi suv tozalash fil`trlari ishlab chiqarish va yetkazib berish imkoniyatiga egamiz. Fil`trlar soatiga 250 litrdan 25 tonnagacha toza suv ishlab chiqarish quvvatiga ega boʼlgan, suvni oʼta nozik darajada tozalaydigan hamda uni kislorod bilan boyitadigan koʼp bosqichli butun bir sistema boʼlish bilan birga, buyurtmachi talabi asosida alohida komplektatsiyada ham yetkazib berilishi mumkin. Shuningdek, biz suv tozalash sistemalari uchun ehtiyot qismlar, suvni dezinfektsiyalash va boyitish uskunalari, PET idishlar ishlab chiqarish, quyiladigan ichimliklarni tayyorlash, quyish, etiketka yopishtirish, sana yozish, qadoqlash uskunalari va suv dispenserlari yetkazib berish bilan shugʼullanamiz. Korxonamiz shuningdek «ATLANT» brendi ostida koʼp bosqichli fil`trlar asosida tozalangan va boyitilgan ichimlik suvi ham ishlab chiqaradi. Bundan tashqari «Аtlant-Fortuna» MChJ Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Yevropa mamlakatlaridan maxsus texnika va turli uskunalar yetkazib berish imkoniga ega. Biz doimiy mijozlarimizning buyurtmalariga koʼra mazkur davlatlardan turli tovarlarni muntazam ravishda yetkazib kelmoqdamiz. Аgarda Sizda oʼz biznesingizni yoʼlga qoʼyish, faoliyatingizni yanada kengaytirish uchun uskuna yoki ishlab chiqarish liniyalariga extiyoj boʼlsa, biz turli davlatlardagi ishlab chiqaruvchilarni tahlil qilib, eng maqbul ishlab chiqaruvchi va eng maqbul uskunani tanlab sizga mazkur uskuna yoki ishlab chiqarish liniyalarini yetkazib, oʼrnatib, ishga tushirib berish boʼyicha oʼz xizmatlarimizni taklif qilamiz. Bizning xizmatlarimiz: - turli davlatlardagi ishlab chiqaruvchilarni tahlil qilish; - eng maqbul ishlab chiqaruvchi va eng maqbul uskunani tanlash; - import shartnomasini imzolashni tashkillashtirish, uni registratsiya qilish, sugʼurtalash; - uskunani Oʼzbekistonga olib kelish, eksport va import bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish; - uskuna yoki ishlab chiqarish liniyasini oʼrnatish va ishga tushirishni tashkillashtirish;

background
image

Shuningdek, biz suvni tozalash filtrlari, suvni dezinfektsiyalash va boyitish uskunalari, PET idishlarni puflash, ichimliklar tayyorlash, to'ldirish mashinalari, etiketkalash uskunalari, sana printerlari, qadoqlash uskunalari va suv dispenserlari uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlarni yetkazib beramiz. +998997079944

Murojat qoldiring