Membrana korpusi membranalarni joylashtirish uchun qo‘llaniladi. Membrana korpuslarining zanglamaydigan metal va fibropolimer tolali materialdan (FRP) tayyorlanadigan turlari bor. Membrana korpuslarining o‘rtacha ishchi bosimi 1.1 mPa. Membrana korpuslari ichiga joylashtiriladigan membranalar soniga qarab farqlanadi. Misol uchun 8040 korpus ichiga birta 8040 tipdagi membrana joylashadigan korpusni anglatadi. 8080 korpus esa ichiga ikkita 8040 tipdagi membrana joylashadigan korpusni anglatadi. 80120 korpus 3 ta 8040, 80160 korpus 4 ta 8040 tipdagi membranani joylashtira oladi va xokazo.