Suv dispenserlari qulay va foydali uskuna sifatida insonlar hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Suv dispenserlari istalgan paytda qaynoq yoki sovutilgan toza ichimlik suvini iste'mol qilish imkonini beradi. Dispenserlar sovutish tizimiga qarab quyidagi 2 turga bo‘linadi: Elektron sovutish tizimi – bu turdagi dispenserlarning sovutish tizimi elektron sxemalar orqali ishlaydi. Elektron sovutish tizimidagi suv dispenserlari soatiga 700 gramm suvni +15°S darajaga sovutish imkoniga ega bo‘lib, bu maktablar, bog‘chalarb yosh bolali kichkina oilalar uchun juda xam qulay; Kompressorlik sovutish tizimidagi dispenserlarda suv kompressordagi freon orqali sovutiladi. Kompressorlik dispenserlar soatiga 2 litr suvni +10°S gacha sovutib, ofislar va katta oilalar uchun qulay yechim bo‘la oladi. Dispenserlar tashqi strukturasiga ko‘ra polda o‘rnatilinadigan (90-110 sm) va stol ustiga o‘rnatilinadigan (40-55 sm) turlarga bo‘linadi. Funksiyalariga ko‘ra 1 funksiyali (faqat isitish), 2 funksiyali (isitish va sovutish) hamda 3 funksiyali (isitish, sovutish va xona haroratida suv berish) turlarga bo‘linadi. «Atlant-Fortuna» MChJ «ATLANT-F» brendi ostida yuqori sifatli suv dispenserlarini taklif qiladi. Dispenserlar «Atlant-Fortuna» MChJning buyurtmasiga asosan Xitoyning bu sohadagi yetakchi zavodlarida maxsus nazorat ostida ishlab chiqarilgan. Dispenserlarimiz bir yillik kafolat muddatiga va Buxoro shahrida servis xizmati markaziga ega.
Model | 95LB |
Sovutish tizimi | Kompressor |
O‘rnatilishi | Polda |
Funksiyalari | 3 ta (issiq, sovuq, xona harorati) |
Energiya iste'moli | 500W – isitish tizimi, 220V/50HZ 90 W – sovutish tizimi, 220V/50HZ |
Isitish quvvati | Isitish quvvati |
Sovutish quvvati | 10°S, 2 litr/soat |