PET idishlar shishirish uskunalari boshqaruv usuliga qarab avtomat va yarim avtomat turlarga bo‘linadi. Shuningdek ishlab chiqariladigan idishlar hajmiga qarab 100 grammdan 3 litrgacha, 100 grammdan 6 litrgacha, 3 litrdan 12 litrgacha, 5 litrdan 25 litrgacha bo‘lgan PET idishlarni shishiradigan uskunalar mavjud. PET idishlarni shishirish uskunalari 2 tarkibiy qismdan ya'ni PET kapsulalarni qizdirish pechi va ularni shishirish uskunasidan iborat.
 
Yarim avtomat mashinalar asosan 5, 10 , 20 litr xajmdagi PET idishlarni bir martada 1 donadan, 500 gramm, 1 litr, 1.5 litrlik idishlarni 2 donadan, ayrim turlari kichkina hajmdagi PET idishlarni 1 martada 4 donadan ishlab chiqaradi. Avtomat PET idish shishirish uskunalari bir martada 6 donagacha idish chiqara oladi. 								
| Boshqaruv turi | Yarim avtomat | 
| Bir martada shishiriladigan idishlar soni | 2 ta | 
| Shishiradigan idishlar xajmi | 100 grammdan 3 litrgacha | 
| Ishlab chiqarish quvvati | 800 dona/soat | 
| Energiya iste'moli | 16 kWt, 380V/50HZ | 
| PET kapsulalarni qizdirish pechi o‘lchamlari, mm | 1700×580×1350 | 
| PET kapsulalarni qizdirish pechi og‘irligi, kg | 220 | 
| PET kapsulalarni shishirish uskunasi o‘lchamlari, mm | 1620×620×1650 | 
| PET kapsulalarni shishirish uskunasi og‘irligi, kg | 550 |