PET idishlar shishirish uskunalari boshqaruv usuliga qarab avtomat va yarim avtomat turlarga bo‘linadi. Shuningdek ishlab chiqariladigan idishlar hajmiga qarab 100 grammdan 3 litrgacha, 100 grammdan 6 litrgacha, 3 litrdan 12 litrgacha, 5 litrdan 25 litrgacha bo‘lgan PET idishlarni shishiradigan uskunalar mavjud. PET idishlarni shishirish uskunalari 2 tarkibiy qismdan ya'ni PET kapsulalarni qizdirish pechi va ularni shishirish uskunasidan iborat.
Yarim avtomat mashinalar asosan 5, 10 , 20 litr xajmdagi PET idishlarni bir martada 1 donadan, 500 gramm, 1 litr, 1.5 litrlik idishlarni 2 donadan, ayrim turlari kichkina hajmdagi PET idishlarni 1 martada 4 donadan ishlab chiqaradi. Avtomat PET idish shishirish uskunalari bir martada 6 donagacha idish chiqara oladi.
Boshqaruv turi | Yarim avtomat |
Bir martada shishiriladigan idishlar soni | 1 dona |
Shishiradigan idishlar xajmi | 5 litrdan 25 litrgacha |
Ishlab chiqarish quvvati | 80-250 dona/soat |
Energiya iste'moli | 48 kWt, 380V/50HZ |
PET kapsulalarni qizdirish pechi o‘lchamlari, mm | 2600×680×1600 |
PET kapsulalarni qizdirish pechi og‘irligi, kg | 500 |
PET kapsulalarni shishirish uskunasi o‘lchamlari, mm | 2200×740×2000 |
PET kapsulalarni shishirish uskunasi og‘irligi, kg | 1500 |