Sanoat sohasidagi teskari osmos tizimlarida 2 xil turdagi ya'ni 4040 va 8040 turdagi membranalar qo‘llaniladi. 4040 yozuvi membrananing dyuymdagi o‘lchamlarini anglatadi va diametri 101.6 mm va uzunligi 1016 mm bo‘lgan membranalarga nisbatan qo‘llaniladi. Teskari osmos membranalari teshiklari 0.0001 mkm bo‘lib, bu suv molekulasining o‘lchamlariga teng keladi. Shu sababli teskari osmos tizimida suv molekulyar darajada tozalanadi. Misol uchun makrofil'tratsiyada teshiklar o‘lchamlari 1 dan 100 mkmgacha, mikrofil'tratsiyada 0.1 dan 1 mkmgacha, ul'trafil'tratsiyada 0.002 dan 0.1 mkmgacha, nanofil'tratsiyada 0.001 dan 0.002gacha. Ishchi bosim membrana turiga qarab 0.3 mPadan 7.0 mPagacha (dengiz suvini tozalashga mo‘ljallangan membranalarda) bo‘lishi mumkin. Odatiy membranalar mineralizasiyasi 2000 mg/l gacha bo‘lgan xom ashyo suvlarini tozalashga mo‘ljallangan. Ammo xom ashyo suvining mineralizasiyasiga qarab sho‘r suvni (10000 mg/l) va dengiz suvini (45000 mg/l) tozalashga mo‘ljallangan membranalar ham mavjud. Membranalar shuningdek xom ashyo suvidagi ifloslik turiga qarab ham turlanadi. Membranalarning ishlab chiqarish quvvati xom ashyo suvining ifloslik darajasi, suv harorati, membrana o‘lchamlari va suv bosimiga qarab farqlanadi va 4040 turdagi membranalar uchun o‘rtacha soatiga 250 litrni tashkil qiladi.