Qozonxonalar va isitish tizimi quvurlari duch keladigan asosiy muammolar bular qattiqligi yuqori suvdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan cho‘kmalar va korroziyadir. Bu esa o‘z navbatida qozonxona va issiqlik quvurlaridan foydalanish samaradorligini pasayishiga va xizmat mudatining kamayishiga olib keladi. “Atlant-Fortuna” MChJ tomonidan taklif qilinayotgan suv yumshatish fil'trlari yuqoridagi muammolarni hal qilib, qozonxonalardan yuqori samaradorlikda va uzoq muddat foydalanishingizga xizmat qiladi. Suv yumshatish fil'trlarimizdan shuningdek suv qattiqligini yumshatib uni yaroqli holatga keltirish zarur bo‘lgan boshqa sohalarda, jumladan, ichimlik suvi tayyorlashda ham qo‘llanilishi mumkin.
Fibropolimer tolali idish (FRP 4072) Ø1016 mm, h 1823mm | 1 dona |
Yuqori va pastgi suv taqsimlagichlar, markaziy trubka | 1 komplekt |
Runxin klapani, ko‘p bosqichli nazorat | 1 dona |
Ion almashinuvchi modda, kationit (fil'trlovchi element) | 800 l |
Regeneratsiyalovchi eritma tayyorlash bochkasi, 800l | 1 dona |
Truba va fitinglar to‘plami | 1 komplekt |