Suv organizm oʼz vazifasini bajarishida katta rol oʼynaydi!
Suvsiz odam atigi 3-4 kun yashay oladi. Ovqatsiz yesa 3 oygacha yashashi mumkin
Suv organizm oʼz vazifasini bajarishida katta rol oʼynaydi. Masalan, toʼqimalarimizga kislorod va ovqat mahsulotlarini yetkazadi, ozuqalarni energiyaga aylantiradi, turli chiqindi va qoldiqlarni organizmdan chiqarib tashlaydi, tana haroratini boshqarishda ishtirok etadi.
-Suv organizmning tez qarishiga taʼsir qiladimi⁉️
Ha, suv organizm qarishiga taʼsir oʼtkazadi. Odamning bor goʼzalligi, aqli, harakati va boshqalar suv bilan taʼminlanish holatiga bogʼliq. Va qancha koʼp suv ichsak, shuncha sekin qariymiz
-Suv ozdiradimi? Ozish uchun qay tartibda ichgan maʼqul⁉️
Ha, ozishga yordam beradi. Ertalab och qoringa 200 ml., tushlikdan oldin 200 ml. va kechki ovqatdan avval ham 200 ml. suv ichish qatʼiy talab etiladi. Ish vaqtida kuni bilan 1 litrgacha yoki undan koʼproq suv isteʼmol qilish mumkin.
-Kuniga 3 litr suv ichish kerakligi haqidagi gap-soʼzlar qanchalik haqiqat⁉️
Bir sutkada odam 2 litrgacha, yoz oylarida 3 litrgacha suv yoʼqotadi. Demak, bir kunda 2 litr, yozda 3 litrgacha suv ichish kerak. Qolaversa, biz tez oʼzgaruvchan iqlim sharoitida yashaymiz, yozda kunlar juda issiq boʼladi, bu holatda katta miqdorda suv ichishimiz tabiiydir.
Toza ichimlik suviga boʼlgan ehtiyoj uchun «ATLANT FORTUNA» uy filtrlaridan foydalaning!