Suv oqimi boshqaruv klapani birlamchi fil'trlar idishlari tepasiga o‘rnatilinib, fil'tr idishlariga kelayotgan suv oqimini boshqarish uchun qo‘llaniladi. U birlamchi fil'tr idishlariga kelayotgan suvni fil'tr rejimida tepadan pastga yo‘naltirish orqali fil'trlash va keyingi bochqich fil'triga uzatish, chayish rejimlarida esa suvni pastdan tepaga yo‘naltirish orqali fil'trlovchi elementlarni chayish va iflos suvni kanalizasiya tizimiga uzatish uchun xizmat qiladi. Suv oqimi boshqaruv klapanlari avtomatik va qo‘lda boshqariladigan turlarga bo‘linadi.
Suv oqimi bo‘yicha ishlab chiqarish quvvati, soat | 2 m3 dan 50 m3 gacha |
Boshqaruv turi | Qo‘lda, avtomatik |
Kirish/chiqish ulanish diametri | 25mm dan 73 mm gacha |
Klapan bazasi diametri | 25.4 mm dan 101.6 mm gacha |
Ishchi bosim | 0.1 mPa dan 0.6 mPa gacha |
Ishchi xarorat | +15 +40°S |