Faol ko‘mir boshlang‘ich tozalash fil'tri bo‘lgan sorbsion fil'trda fil'trlovchi element sifatida qo‘llaniladi. U suvni organik ifloslanishdan, og‘ir metallar va qoldiq xlordan tozalash bilan birga, uning rangini, hidini va ta'mini yaxshilaydi. Faol ko‘mirning turlari ko‘p. Suv fil'trlarida kokos qobig‘idan tayyorlangan faol ko‘mirdan foydalanish tavsiya etiladi. O‘rtacha xizmat muddati 2 yil.