Nozik tozalash fil'tri korpuslari polipropilen va zanglamaydigan metaldan tayyorlanadigan turlarga bo‘linadi. Polipropilen materialdan tayyorlangan fil'tr korpusi faqatgina 1 dona kartridj solishga mo‘ljallangan bo‘lib, kartridjning uzunligi va tashqi diametriga qarab turlanadi. Zanglamaydigan metaldan tayyorlangan fil'tr korpuslari bir necha kartridjlarni solishga mo‘ljallangan bo‘lib, katta quvvatdagi teskari osmos tizimlaridan oldin o‘rnatiladi. Zanglamaydigan metaldan tayyorlangan nozik tozalash fil'tri korpuslari kartridjning uzunligi va tashqi diametridan tashqari, kartridj soniga qarab ham turlanadi.