Oziq-ovqat sanoati rivojlanishi bilan etiketkalaring ham turlari ko‘payib bormoqda. Hozirda qo‘llaniladigan asosiy etiketkalar quyidagilar: yelim yordamida yopishtiriladigan qog‘oz etiketkalar, o‘zi yopishadigan qog‘oz etiketkalar, polipropilen VORR etiketkalar va issiqlik yoki bug‘ yordamida yopishtiriladigan termoetiketkalar. Etiketkalar tannarxi, chidamliligi, tashqi qo‘rinishi, yopishtirish usuliga qarab turlicha bo‘lganidek, ularni yopishtiradigan mashinalar ham turlicha bo‘lib, mashinalarning yarim avtomat va avtomat turlari mavjud.
Mashina turi | O‘zi yopishadigan qog‘oz etiketkalar uchun yarim avtomatik mashina |
PET idishlar turi | Dumaloq |
Ishlab chiqarish quvvati | 40-130 idish/minut |
Etiketka balandligi | 10-200 mm |
Etiketka eni | 10-100 mm |
Energiya iste'moli | 1.0 kWt, 220V/50HZ |